Institut professor-o’qituvchilari va talabalar diqqatiga! Barchangizni “Islom Karimov – yangi davr o‘zbek davlatchiligining asoschisi” mavzuida Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanda ishtirok etishga chorlaymiz.

O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyati

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli qarori ijrosini ta’minlash, hamda Islom Karimovning 80 yoshli yubiley marosimlarini keng targ‘ib qilish maqsadida  2018 yil 26 yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Islom Karimov – yangi davr o‘zbek davlatchiligining asoschisi” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi.

       Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan sho‘‘ba yo‘nalishlari:

       1-sho‘ba. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar.

       2-sho‘ba. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning barkamol avlodni tarbiyalash konsepsiyasi.

Anjuman ishida Respublikamiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va katta ilmiy xodim-izlanuvchilari shuningdek, iqtidorli talabalar ham qatnashishlari mumkin. Dastur va materiallar to‘plami chop etiladi.

       Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2018 yilning 22 yanvariga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini

rasmiylashtirish tartibi:

1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllarda ikkita fayl: maqola (Valiev_ maqola) ko‘rinishida Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 kegl,  satrlar oraligi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o‘ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart.

2. Birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, uchinchi qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, to‘rtinchi qatorda matn yoziladi (namunaga qarang).

3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1 sm intervalda, satr boshi – 1sm,  satrlarni eniga to‘g‘rilash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.

4. Adabiyotlarning to‘liq ro‘yxati asosiy matndan so‘ng alifbo tartibida ko‘rsatilishi lozim.

5. Manba va adabiyotga ishora (ssыlka)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi  lozim  (na’munaga qarang).

6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi kamida 3 bet, ko‘pi bilan 6 bet bo‘lishi  mumkin.

7. Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to‘plamining nashr harajatlari uchun har sahifasiga  7000 so‘m, talabalar uchun 5000 so‘m etib belgilangan.

8. Anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

9. So‘nggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va mualliflarga  qaytarilmaydi.

N A M U N A

         MAQOLANING NOMI

Samatov Asqar Valievich

Ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi

Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn[1]. Asosiy matn.

Adabiyotlar

1.     Muallif. Asar nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili.

 

 

Manzil:Toshkent shahri, Mirobod tumani, Odilxo‘jaev ko‘chasi, 1.

Anjuman o‘tkazish uchun mas’ul: YUsupov SHermatilla (93 516 85 62)

Nazarova Nilufar (90 189 01 66).

Qo‘shimcha murojaat uchun: (8 371) 2990236, (8 371) 2990223

Maqola va tezislarni quyidagi manzillarga jo‘natishingiz mumkin.

E-mail: dildora.maxliyo@mail.ru   Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.

Telegram:90 189 01 66.             94 622 76 32

Maqola uchun to‘lov rekvizitlari: TashIIT r/s №20210000500122890001 v Uchtepinskom otd. NBVED RUz. MFO 00918, INN 201052998, OKONX92110

SHuningdek to‘lovlar  8600 0207 8313 8956 raqamli kartaga Click.uz hamda pay.me to‘lov tizimlari orqali o‘tkazilishi mumkin.